Shavkat Mirziyoyev radikal diniy guruhlarga va oqimlarga qo‘shilib qolgan shaxslarni O‘zbekiston vatandoshligidan chiqarishni taklif qildi. U bu haqda 3 iyun kuni Andijon viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
"Agar beshta mahallada 20–30 nafar kishi adashgan bo‘lsa, misol uchun, hisob-kitobi bor. Yigirmatadan beshtasi ashaddiy, ular qaytmaydi. Ular bilan shug‘ullanish kerak emas, O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish kerak. Bizga kerak emas. Men ularni fuqarolikdan chiqarishga tayyorman", - deb aytdi u.
Mirziyoyev o‘z nutqi davomida imomlarni va rasmiylarii “ashaddiylarni O‘zbekiston fuqaroligidan chiqarish uchun taklif berish”ga chaqirdi.
Prezident, shuningdek, turli diniy oqimlarga qo‘shilib qolib “yo‘ldan adashgan”, ammo “ashaddiy” bo‘lmagan odamlarni bu yo‘ldan qaytarish uchun jamoatchilik harakat qilishi shartligini ham ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi