Zangiota tumani tarkibidan ajratilib, yangidan tashkil etilgan Toshkent tumaniga yangi hokim tayinlandi. «Kun» manbasi ma’lumotiga ko‘ra, Davlat soliq ko‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Hotambek Shokirov yangi tumanning yangi hokimi bo‘ldi.
Hotambek Shokirov (1970 yili tug‘ilgan) 2015 yil martidan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U soliq organlari tizimidagi faoliyatini 1999 yilda boshlagan.
Prezidentning Toshkent viloyatiga safari davomida Zangiota tumani hududi kengayib ketishi ortidan uni boshqarish qiyinlashgani tufayli, undan Toshkent tumani ajratib olingandi. Toshkent tumani 2010 yili Oliy Majlis Senati qarori bilan Zangiota tumaniga qo‘shib yuborilgan.
Endilikda, Toshkent viloyatida Zangiota va Toshkent tumanlari mavjud, bu tumanlar markazlari mos ravishda Eshonguzar va Keles hisoblanadi.
Bundan avvalroq «Agrobank»ning sobiq raisi Abduvahob Tamekaev Zangiota tumaniga hokim etib tayinlangandi. U 2016 yil fevralidan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Sa’di Shermatov o‘rnini egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda