6 692
Shavkat Mirziyoyev Vladimirda halok bo‘lganlarning oilalari va jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishga ko‘rsatma berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Vladimir viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni Mudofaa vazirligi samolyotida Vatanga qaytarish bo‘yicha hukumat komissiyasini tuzish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qiladi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston hukumati YTH oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va jabrlanuvchilarga barcha zarur yordamni ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklari YTHga uchragan fuqarolarning shaxsini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar olib bormoqda.
Ayni vaqtda fojia oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlarini va omon qolgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga keltirish uchun maxsus bort Rossiyaga uchib ketdi. Samolyotda bir guruh tibbiyot xodimlari ham jo‘nab ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi