5 541
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidan olib o‘tishga urinilgan 573 ming dollar pul olib qolindi
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari xizmatchilari Qirg‘izistonga yarim million dollardan oshiq naqd valyutaning olib chiqib ketilishining oldini oldi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar bermoqda.
«Axborot 24» dasturida aytilishicha, ertalabki soat 5:00 atrofida harbiy xizmatchilar sumka ko‘tarib chegarani belgilanmagan yeridan kesib o‘tayotgan kishini payqagan. Noma’lum shaxs to‘xtash talabini bajarmagan, sumkani tashlab, qochib ketgan.
Sumka ichidan skotch bilan o‘ralgan naqd dollar topilgan. 5, 15 va 30 ming dollarlik pachkalarning umumiy qiymati 573280 dollarni tashkil etgan. Pul davlat foydasiga musodara qilingan.
Hozirda qoidabuzarni topish bo‘yicha qidiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi