Ko‘ksaroydagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, savdo uylari ochish, ishbilarmonlar kengashi tashkil etish bo‘yicha, shuningdek, transport, tranzit, qishloq xo‘jaligi, fan-texnika, kasaba uyushmalari, sport va boshqa sohalarga doir 17 ta hujjat imzolandi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida va axborot-kommunikatsiya sohalarida 15 hujjat qabul qilindi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar, odatdagidek, ochiq va samimiy, ishchanlik ruhida o‘tganini, erishilgan kelishuvlardan xursandligini ta’kidladilar.
2017 yil O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil bo‘ldi. Hozirgi kunda hamma kelishuvlarimiz to‘la amalga oshirilyapti. Bugungi uchrashuvimiz ham juda samarali bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni chuqur, har tomonlama muhokama qildik. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, bu borada hal etilmagan masalalar qolmadi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishdik. Shu asosda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldik. Biz nimaiki qilayotgan bo‘lsak, xalqlarimiz uchun, bolalarimizning kelajagi uchun, dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda