Babayan O‘zbekiston MTJning Suriya va Qatarga qarshi tarkibini e’lon qildi

  • 30 avgust 2016, 12:15
  • 4 767
  • Sport
  • Babayan O‘zbekiston MTJning Suriya va Qatarga qarshi tarkibini e’lon qildi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi dastlabki ikki uchrashuv uchun tarkibni ma’lum qildi.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabr kuni saralshning uchinchi bosqichi dastlabki o‘yinlari doiarsida Toshkentda Suriya terma jaomasini qabul qiladi. 6 sentyabr kuni esa safarda Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

    Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabi Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etgan:

    Darvozabonlar:
    Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”)

    Himoyachilar:
    Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimes (“Beyjing Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay” – Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Stanislav Andreev (“Paxtakor”).

    Yarim himoyachilar:
    Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Aziz Haydarov (“Ash-Shabob” – BAA), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), , Otabek Shukurov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboyev (“Buxoro”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”)

    Hujumchilar:
    Igor Sergeev (“Beyjing Goan” – Xitoy), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” - Qozog‘iston).

    Manba: www.the-uff.com

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Babayan O‘zbekiston MTJning Suriya va Qatarga qarshi tarkibini e’lon qildi