Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining umumiy ko‘rsatkichi oshib bormoqda. Bunga rivojlanib borayotgan tibbiyot, hayot tarzi va sifatining oshishi va sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga aholining tobora kam harakat qilishi, atrofdagilar bilan muloqotni cheklashi hamda qayta ishlangan, konservantlarga to‘la mahsulotlar iste’mol qilishi tufayli insoniyat umri qisqarib bormoqda.
Quyida uzoq umr ko‘rishga to‘sqinlik qiladigan va qarish jarayonini tezlashtiradigan oziq-ovqat mahsulotlari haqida so‘z boradi.
Pitssa
Foto: Marie Claire
Fast-fud kafelarida tayyorlanadigan pitssa tarkibidagi souslar juda ko‘p tuz va shakarni o‘zida saqlaydi. Tanadagi ortiqcha natriy (tuz) yurak xuruji va oshqozon saratoniga olib keladi. Shakar esa atigi bir soatga yetadigan energiyani beradi va insulin rezistentlikni oshirib yuboradi, bu esa qand kasalligi va semirishga olib keladi.
Pitsaning yana bir xavfi undagi kolbasa mahsulotlaridir. Hech kimga sir emaski, kolbasalar hayvon tanasining yoqimsiz qismlaridan tayyorlanadi. Unga xushbo‘ylik, rang va ta’m berish uchun konservantlar va bo‘yoqlar qo‘shiladi. Bunday mahsulotlar genlarning tuzilishini o‘zgartiradi va xavfli kasalliklarga olib keladi.
Makaron
Foto: Marie Claire
Maydalangan dondan tayyorlanadigan makaron mahsulotlari rafinadlangan shakarga o‘xshaydi. Ular kam energiya beradi, oshqozonda noqulaylik keltirib chiqaradi va ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi. Makaron tarkibida lektinlar mavjud bo‘lib, ular uglevodlarni bir-biriga “yopishtiruvchi” oqsil hisoblanadi. Inson organizmni lektinlarga moslashmagani uchun ularni sog‘liq uchun tahdid sifatida qabul qiladi. Natijada immun tizimi lektinlarni yo‘q qiladigan antitanachalarni ishlab chiqaradi. Ko‘p miqdorda sifatsiz makaron iste’mol qilish artrit, 2-toifa qand kasalligi va ovqat hazm qilish muammolariga olib keladi.
Agar siz makarondan voz kechishni rejalashtirmasangiz, faqat to‘liq donli makaronlarni tanlang. Ular kamroq qayta ishlanadi va ichaklar uchun foydali kletchatkalarni o‘z ichiga oladi.
Hayvon oqsili
Go‘sht oqsil manbai bo‘lib, uni boshqa mahsulotlardan ko‘ra olish qiyinroq. Ammo go‘shtning ham zarari bor: ortiqcha go‘sht tanadagi kislotalar me’yorini oshirib yuboradi. Shuningdek, go‘sht uzoq vaqt hazm bo‘ladi va unda ba’zi toksinlar ham uchraydi. Shuning uchun go‘sht mahsulotlarini me’yorda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Kartoshka
Foto: Marie Claire
Qovurilganda kartoshka tarkibidagi shundoq ham kam bo‘lgan foydali elementlar yo‘qqa chiqadi va sabzavotdagi quyuqlik o‘rnini yog‘ egallaydi. Suvda pishgan kartoshka esa o‘zida foydali uglevodlar, kalsiy va glyukoza saqlaydi.
Shu bilan birga, kartoshkadagi oddiy uglevodlarga qand kasalligiga chalingan insonlar, gastrit va oshqozon kislotasi yuqori bo‘lgan bemorlar uchun xavflidir.
Oq non
Oq un o‘zida qayta ishlangan donlarni saqlagani uchun uni va oddiy uglevod deb atash mumkin. Non to‘yimli bo‘lsa ham energiya bermaydigan va aksincha, charchatadigan mahsulotdir. Ko‘plab nonlarda trans yog‘lar (margarin, palma moyi), konservantlar, sintetik ta’m beruvchilar va hid kuchaytiruvchi moddalar mavjud. Ular xolesterin darajasini oshiradi, yallig‘lanishni kuchaytiradi va jigarni zararlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi