21:24 / 09.05.2024
55

Fransiyada tayyorlangan 140 metr uzunlikdagi baget noni Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

Fransiyada tayyorlangan 140 metr uzunlikdagi baget noni Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi
Fransiyalik novvoylar italiyalik raqiblarini mag‘lub etdi: Parijda 140 metr uzunlikdagi baget pishirildi va avvalroq italiyaliklar tomonidan o‘rnatilgan Ginnes rekordi yangilandi. Bu haqda Pravila Jizni xabar bermoqda.

Foto: Pravila Jizni
2019 yilda Italiyada Milan Expo ko‘rgazmasi doirasida tayyorlangan 133 metr uzunlikdagi baget jahon rekordini o‘rnatgan edi. Oradan 5 yil o‘tib, 12 nafar parijlik nonvoylar ushbu rekordni takrorlashga qaror qildi va joriy yilning 5 may kuni poytaxt markazida bahaybat baget pishirishdi. Non tayyorlash ishlari esa shahardagi minglab insonlarni jalb etdi va jarayonni katta shouga aylantirib yubordi.

Foto: Pravila Jizni

Foto: Pravila Jizni
Uzunligi 140 metr bo‘lgan bagetni tayyorlash uchun 14 soat vaqt ketdi. Oshpazlar X sahifasida o‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi. Buni Ginnesning rekordlar kitobi mutaxassislari ham tasdiqladi. So‘ng baget kesilib, aholiga tarqatildi.

Foto: Pravila Jizni
Fransiyada har soniyada 320 ga yaqin baget sotilishiga qaramay, tadqiqotlarga ko‘ra, Italiya ushbu toifadagi mamlakatdan birinchi marta o‘tib ketayotgani yo‘q. Shu tariqa, avvalgi rekord 2015 yilda Milan ko‘rgazmasida o‘rnatilgandi – o‘shanda italiyaliklar 122 metrli baget pishirgan edi.

Foto: Pravila Jizni
Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada har soniyada 320 ga yaqin baget sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada tayyorlangan 140 metr uzunlikdagi baget noni Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi