08:15 / 09.05.2024
332

Yevropa chempionlar ligasi, "Bavariya" va hakamlar...

Yevropa chempionlar ligasi, "Bavariya" va hakamlar...
Chempionlar ligasining eng muhim uchrashuvlaridan biri hisoblangan "Real" - "Bavariya" to‘qnashuvi uchun tajribali Shimon Marchinyak tayinlandi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, u o‘tgan yili CHL va Jahon chempionati finallarida ishladi. Shu bilan birga, bu mavsum "Atletiko" - "Inter", PSJ - "Nyukasl", "Borussiya" - "Milan" kabi bahslarda bosh hakamlik qilgan.

Polshalik referi o‘yinni ajoyib boshqardi. Uning o‘zini tutishi, nazoratni qo‘ldan chiqarmaganligi, futbolchilar bilan suhbatlashishi, barcha-barchasi bir-tekisda davom etayotgandi, lekin so‘nggi daqiqalarda Shimon barchasini yo‘qqa chiqarib yubordi.

90+13'daqiqada "Bavariya" hujumga o‘tdi. Ikkinchi qavatdan oldinga uzatilgan to‘p uchun Mazraui kurash olib bordi va to‘p De Ligt tomon yo‘naltirildi. Bu vaqtda esa laynsmen bayroqchasini ko‘tarib, Marchinyak hushtagini chalib yubordi, bir zumga barcha to‘xtab qolgan joyida niderlandiyalik himoyachi gol urdi.

Bu vaziyatda ko‘pchilik hakamning VARni tekshirmaganidan hayron qolishdi, lekin referi vaziyatga nuqtani allaqachon qo‘yib bo‘lgandi, ya’ni u hushtakni chalganidan keyin darvoza ishg‘ol qilindi. Bunday holatda texnika yordam bera olmaydi.

Endi hujumda rostdan ham ofsayd bor yoki yo‘qligiga to‘xtalsak. Deyarli barcha o‘z versiyasini taqdim etdi, lekin ular bitta narsada xato qilishmoqda. Bu yerda chiziq De Ligt bilan emas, balki Mazrau bilan chizilishi kerak. Sababi, aynan marokashlik futbolchi garchi teginmagan bo‘lsa-da, to‘p uchun kurashdi.

Biz esa sizga ofsayd chizig‘ini Mazraui bilan chizilgan versiyani taqdim etamiz.

Garchi bu onsayd bo‘lgan taqdirda ham, endi hech nimani o‘zgatirib bo‘lmaydi, lekin hakamning o‘z aybini tan olishi kutilmagan holat bo‘ldi. O‘yindan keyin De Ligt laynsmen undan xato qilganini aytib, uzr so‘ragani haqida gapirdi. Shuningdek, Tomas Tuxel va Maks Eberllar ham buni tasdiqlashdi. Ammo bu Myunxen tomonini tinchantira olmadi. Matbuot anjumanida Tomas hakamlik borasida juda ko‘p gapirdi. Mutaxassislar va muxlislarni aytmasa ham bo‘laveradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa chempionlar ligasi, "Bavariya" va hakamlar...