13:46 / 09.05.2024
165

O‘zbekiston terma jamoasi Braziliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi Braziliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 6 va 8 sentyabr kunlari FIFA reytingi yetakchisi — Braziliya terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Foto: Getty Images
Uchrashuvga O‘zbekiston termasi mezbonlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan Osiyo kubogining yarim finalida Eronga mag‘lubiyatga uchrab, finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan edi. Penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan Eron finalda Tailandni mag‘lub etib chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Tojikiston termasini mag‘lubiyatga uchratib musobaqaning bronza medallariga ega chiqqan edi.

O‘zbekiston 2024 yilda futzal bo‘yicha Jahon chempionatini qabul qiladi. 26 may kuni Samarqandda qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar 14—sentyabrdan 6 oktyabrgacha Buxoro, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Braziliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi