17:26 / 09.05.2024
122

Dzyudo. Astana "Barysy Grand Slam" turniriga qur’a tashlandi

Dzyudo. Astana "Barysy Grand Slam" turniriga qur’a tashlandi
Ertaga Qozog‘istonning Astana shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnir start oladi.

Mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil qiluvchi Barysy Grand Slam 2024 musobaqasida dunyoning 5 qit’asi 87 davlatidan jami 455 nafar (238 erkak, 217 ayol) dzyudochi ishtirok etadi. Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasining 12 nafar dzyudochisi ham bor. Hozirgina musobaqaga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Terma jamoamiz dzyudochilari uchun qur’a natijalari:

Ayollar

-48 kg: Halimajon Qurbonova — Natasha Ferreyra (Braziliya)
-52 kg: Gulhayo Jo‘rayeva — Alesiya Kuznetsova (AIN)
-52 kg: Sita Kadambayeva — Balnur Abdeshova (Qozog‘iston)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Hasret Bozkurt (Turkiya)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova — Fidan Ogel (Turkiya)
-70 kg: Shohista Nazarova — Eboni Drisdeyl (Yamayka)
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Hsu Shu Vang (Xitoy Taypeyi)/Darya Kantsavaya (AIN)
+78 kg: Rinata Ilmatova — Kinga Voljchak (Polsha)

Erkaklar
-73 kg: Muhammadyahyo Mahammadjonov — Musa Shabdanbekov (Qirg‘iz Respublikasi)/Dastan Shayaxmetov (Qozog‘iston)
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev — Teodoros Demursidis (Gretsiya)/Dominik Ressel (Germaniya)
-81 kg: Nurbek Murtazoyev — Madi Amangeldi (Qozog‘iston)/Alan Xubetsov (AIN)
-100 kg: Ernazar Sarsenbayev — Luis Mai (Germaniya)

Ma’lumot uchun, Astana "Katta Dubulg‘a" turniri Abu-Dabi shahri mezbonligidagi jahon chempionati hamda Parij-2024 Olimpiadasi oldidan o‘tkaziladigan so‘nggi IJF musobaqasi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dzyudo. Astana "Barysy Grand Slam" turniriga qur’a tashlandi