Premer-liga jamoalari stadionlarda turib tomosha qiladigan o‘rindiqlarni qaytarish masalasini yana kun tartibida muhokama qilishmoqda. Bugun mazkur masala yuzasidan dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
Biroq xorij matbuotida berilgan xabarlarga ko‘ra, muxlislarning xavfsizligi kafolatlanmasligi sabab bu g‘oya to‘liq qo‘llab-quvvatlanmayapti.
Oldinroq muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 96 foiz qatnashchilar g‘oyani ma’qullab chiqishgandi. 84 foizi esa xavfsizlik borasida muammolar qaytanga kamayishini yoqlab chiqqan. Ammo 62 foiz ishtirokchilar g‘oyaning hayotga tatbiq etilishini ma’qullamagan.
Eslatib o‘tamiz, stadionda tik tirib tomosha qilinadigan o‘yinlar o‘sha mash’um «Xillsboro» voqeasidan keyin bekor qilingandi. O‘shanda Angliya Kubogining 1/2 finalidan o‘rin olgan «Nottingem Forest» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda turib tomosha qiladiganlar sektorida janjal kelib chiqqan va unda 96 kishi halok bo‘lgandi. 766 nafar muxlis jarohatlangan.
Manba: tribuna.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi