Ispaniya chempionati 13-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan yana biri nihoyasiga etdi. Madridda «Real» autsayderlardan biri «Xixon»ni qabul qildi.
Uchrashuvda mezbonlar natija borasida katta muammolarga duch kelishdi. Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan ikkita golga Karmona bitta gol bilan javob qaytargandi. Ikkinchi bo‘limda «Sporting» penalti tepish va hisobni tenglashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. Biroq Chop bu imkoniyatdan foydalana olmadi va madridliklar qolgan daqiqalarda g‘alabani saqlab qolishni uddalashdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Zidan shogirdlari ochkolari sonini 33taga etkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Sporting» esa 9 ochko bilan 18-o‘ringa joylashgan.
[media=https://youtu.be/I25rDFQOAxU]
Ispaniya chempionati
13-tur
Real Madrid – Sporting Xixon 2:1 (2:1)
Gollar: 1:0 – 5, penalti Ronaldu, 2:0 – 18 Ronaldu, 2:1 – 35 Karmona.
Noaniq penalti: Chop (78, Sporting)
Real Madrid: Navas, Pepe, Nacho, Danilo, Ramos (Marselo, 72), Modrich, Kovachich (Isko, 81), Xames (Asensio, 72), Vaskes, Ronaldu, Benzema.
Sporting Xixon: Marino, Kastelyano, Xorxe Mere, Amorebeta, Lopes, Gomes (Rodriges, 76), Alvares, Karmona (Vigera, 76), Ait-Atman (Kases, 81), Duglas Pereyra, Chop.
Ogohlantirishlar: Amorebeta (40), Ait-Atman (61), Karmona (66), Nacho (77). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...