Angliya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga etdi. «Everton» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib durangga imzo chekdi.
«Gudison Park»da kechgan uchrashuvda avvaliga Zlatan Ibrahimovich hiobni ochgandi. Ammo o‘yin tugashi arafasida maydonga tushgan sobiq «Everton» futbolchisi Maruan Fellayni raqib futbolchisini jarima maydonchasi ichida yiqitib penalti belgilanishiga sabab bo‘ldi. Leyton Beyns nuqtadan aniq zarba yo‘llab o‘yindagi yakuniy natijani o‘rnatdi – 1:1.
«Manchester Yunayted» ushbu natijadan keyin 21 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. «Everton» (20 ochko) esa «Vest Bromvich» bilan ettinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Angliya premer-ligasi 14-tur
Everton – Manchester Yunayted 1:1 (0:1)
[media=https://youtu.be/yxdSv8WpAgk]
Gollar: Ibragimovich, 42 (0:1); Beyns, 89 (1:1, pen).
Everton: Stekelenburg, Funes Mori, Beyns, Koulmen (Xolgeyt, 67), Uilyams, Kleverli (Deulofeu, 65), Berri, Bolazi (Valensiya, 68), Guye, Miralyas, Lukaku.
Manchester Yunayted: De Xea, Roxo, Djons, Darmian, Valensiya, Mxitaryan (Fellayni, 85), Pogba, Kerrik, Errera, Marsyal (Reshford, 83), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Roxo (16), Berri (31), Fellayni (88), De Xea (88), Lukaku (90). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi