Poytaxtda o‘z mashg‘ulotlarini davom ettirayotgan jamoamiz tarkibiga bugun ikki nafar legioner kelib qo‘shildi.
Legionerlardan biri jamoamizning dekabr oyidagi mashg‘ulotlarida ishtirok etgan Vladislav Kosminin bo‘lib, uning harakatlari murabbiylar shtabiga ma’qul kelganligi bois yana jamoaga taklif etildi. Ikkinchisi turkmanistonlik Oltimurot Annadurdiev hujum chizig‘ida to‘p tepadi. Oltimurot Turkmaniston chempioni "Oltin Asr" jamoasidan ko‘rikka chaqirilgan.
Jamoamizning mashg‘ulotlari kuniga ikki mahaldan olib borilmoqda. Toshkentdagi bu yig‘in 10 yanvarga qadar davom etadi. 9 yanvar kuni Namanganning "Navbahor" jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi.
Vladislav Kosminin
17 yanvar 1990 yilda tavallud topgan.
Fuqaroligi: Belorussiya
Ampluasi: Himoyachi
Bo‘yi: 197 Vazni 87
Futbolchilik faoliyati davomida asosan "Naftan" jamoasi sharafini himoya qilgan. Yurtimizga kelgunga qadar Grodnoning "Neman" jamoasida to‘p tepgan.
Altimurat Annadurdiev
13 aprel 1993 yilda tavallud topgan.
Fuqaroligi: Turkmaniston
Ampluasi: Hujumchi
Futbolchilik faoliyati davomida "Axal" va "Oltin Asr" jamoasida to‘p tepgan. 2016 yilda "Oltin Asr" jamoasida Turkmaniston chempioni va kubogi sohibi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi