13:51 / 22.04.2015
5 843

Robert Levandovski: «Biz «Bavariya»miz va biz barchasining uddasidan chiqa olamiz!»

Robert Levandovski: «Biz «Bavariya»miz va biz barchasining uddasidan chiqa olamiz!»

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski EChLning chorak finalida “Portu”ga qarshi javob uchrashuvida dublga erishdi va bu o‘yin haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb yozadi Kun.uz.

Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yin 3:1 hisobida “Portu” foydasiga, ikkinchi uchrashuv esa 6:1 hisobida “Bavariya” foydasiga hal bo‘ldi. O‘yinlar natijasiga ko‘ra, keyingi bosqichga “Bavariya” klubi yo‘l oldi.

“Biz o‘yinning birinchi taymida ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Ko‘pchilik bizni keyingi bosqichga chiqa olmaydi deb o‘ylagan edi, biroq biz “Bavariya”miz! Biz bor kuchimiz bilan o‘ynashimiz kerakligini bilardik, biroq tanaffusgacha 5ta to‘p urish – bu aqlbovar qilmas hodisa! Bu juda ajoyib kecha bo‘ldi. Biz barchasining uddasidan chiqa olamiz va barcha mukofotlarni yutishni istaymiz!”, deydi Levandovski.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Robert Levandovski: «Biz «Bavariya»miz va biz barchasining uddasidan chiqa olamiz!»