12:45 / 31.01.2017
5 992

«Paxtakor» o‘z etakchilaridan birini asosiy raqibiga berib yubordi

«Paxtakor» o‘z etakchilaridan birini asosiy raqibiga berib yubordi

O‘tgan mavsumda «Paxtakor» safida yorqin o‘yinlar namoyish etib, jamoa etakchisiga aylangan va terma jamoadan chaqiruv olgan yosh futbolchi Jaloliddin Masharipov yangi mavsumni Toshkentning boshqa jamoasida o‘tkazadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

O‘tgan mavsum chempioni «Lokomotiv» ushbu futbolchini ijaraga olgan. Bunda chempion jamoaning Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etishi muhim rolni bajargan va yosh futbolchi endilikda xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi sanalgan Jaloliddin Masharipov «Lokomotiv»ga 6 oyga ijaraga berildi. Hozirgacha u jamoamiz uchun oliy ligada 64 uchrashuvda ishtirok etib, 10 gol muallifiga aylangandi. Shuningdek, «Paxtakor» uchun ichki kuboklarda 16 bahsda 1 to‘p kiritgan bo‘lsa, Chempionlar ligasida 12 bahsda 1 gol muallifi bo‘lgan», deyilgan jamoa rasmiy sayti xabarida.

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi chizig‘i vakili bo‘lgan bu futbolchining «Paxtakor» bilan amalda bo‘lgan 2 yillik shartnomasi mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor» o‘z etakchilaridan birini asosiy raqibiga berib yubordi