23:22 / 27.02.2017
4 650

Kosmin Olariu: Dastlabki daqiqada kiritilgan gol o‘yinni butunlay o‘zgartirib yubordi

Kosmin Olariu: Dastlabki daqiqada kiritilgan gol o‘yinni butunlay o‘zgartirib yubordi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “A” guruhi 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Ahli” (2:0) uchrashuvidan keyin amirliklar ustozi Kosmin Olariu o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Dastlabki daqiqada kiritilgan gol o‘yinni butunlay o‘zgartirdi. Biz o‘yinga qaytish uchun harakat qildik, ammo raqib darvozaboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Biz o‘zimiz istagandek o‘ynay olmadik. Qarshi hujumlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik va bular ustida ishlab, muammolarni bartaraf etishimiz kerak. Endigi e’tiborni OChLdagi yana bir raqib – “Al-Taavon”ga qarshi o‘yinga qaratish kerak.

“Lokomotiv” himoyachilari Makete Diop va Everton Ribeyroga qarshi yaxshi harakat qildi. O‘yin ular atrofida yasalmagan, garchi ularga nisbatan himoyachilar yaxshi harakat qilgan bo‘lsa-da, men boshqa futbolchilardan xavotirdaman. Ahmad Halil jarohati tufayli o‘ynay olmadi. U kechagi mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, ammo o‘yinga tayyor emasligini ko‘rdik. Shu sababli u zaxirada qoldi”, – dedi Kosmin Olariu.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kosmin Olariu: Dastlabki daqiqada kiritilgan gol o‘yinni butunlay o‘zgartirib yubordi