O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga ustozlik qilgan Aleksandr Mochinov 1999–2000 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston U-19 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Miraziz Mirzaahmedov O‘zbekiston U-19 termasiga katta murabbiy, Zokir Hayotov va Dilmurod Abluddaev yordamchi murabbiy etib tayinlandi.
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 2018 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichida ishtirok etadi. Saralash bosqichi shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Murabbiylik faoliyati davomida “Oq-tepa”, “Buxoro” va “Obod” klublarida ishlagan Aleksandr Mochinov O‘zbekiston U-19 termasini saralash bosqichiga tayyorlaydi. Unga yoshlar termasini U-19 Osiyo chempionatiga olib chiqish vazifasi qo‘yildi.
Saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Dubayda BAA U-19 termasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Mazkur o‘yinlar 8 va 10 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Aleksandr Mochinov bo‘lajak o‘yinlarga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.
Darvozabonlar: Umid Ergashev (“Nasaf”), Javohir Qilichev (“Bunyodkor”)
Himoyachilar: Abubakir Mo‘ydinov (“Bunyodkor”), Xudoyorxon Sa’dullaev (“Nasaf”), Georgiy Ahmedov (“Paxtakor”), Xumoyun Abdusattorov (“Bunyodkor”);
Yarim himoyachilar: Rahmatilla Mirzaahmedov (“Bunyodkor”), Suhrob Izzatov (“Bunyodkor”), Dilshod Saidov (“Nasaf”), Jasur Yoqubov (“Paxtakor”), Ibrohim Yo‘ldoshev (“Paxtakor”), Bobur Asqarov (“Paxtakor”), Rasul Yo‘ldoshov (“Bunyodkor”), Orifjon Hakimjonov (“Bunyodkor”), Kamron Saidazimov (“Paxtakor”), Islom Kenjaboyev (“Nasaf”);
Hujumchilar: Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”), Doniyor Abdumannopov (“Bunyodkor”).
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda