Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Xavi Ernandes yozda jamoadan ketishini tasdiqladi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.
2015 yil 21 may, payshanba kuni, klub Xavi bilan matbuot anjumani tashkillashtirdi va unda yarimhimoyachi klubdagi futbolchilik faoliyati yakunlanganini bildirib o‘tdi.
«Mavsum tugagach, «Barselona»ni tark etishimni aytmoqchiman. Bunday qarorga kelish menga oson bo‘lgani yo‘q. «Barselona»da ushbu mavsumda qolganimdan xursandman. Yo‘qsa bu qarorga kelishim qiyin bo‘lardi», dedi Xavi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
«Endi faoliyatimni «As-Sadd»da davom ettiraman. Shartnoma ikki yilga tuzilgan va u yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Shuningdek, menda o‘zimni murabbiy va sport direktori lavozimida sinab ko‘rish imkoniyati paydo bo‘lmoqda».
«Barselona» yaqinda men bilan 2018 yilga qadar shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqqandi. Biroq bu taklifga qadar men bir qarorga kelib bo‘lgandim».
«Qatarda meni juda qiziqarli loyiha kutib turibdi. Ammo asosiy maqsadim —qachondir «Barselona»ga qaytish. Qaysi rolda — murabbiymi, sport direktorimi — farqi yo‘q. Axir bu er mening uyim».
«Men juda baxtliman. «Barselona» safida faqatgina orzu qilish mumkin bo‘lgan faoliyatimni o‘tkazdim. Men Leo, Andres, Busi, Pedrolarni juda sog‘inaman. Ularning barchasi meni do‘stlarim. Ammo hayot shunaqa ekan», deya Xavining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy tvitteri. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...