Italiya chempionati 28-turidan o‘rin olgan «Yuventus» – «Milan» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda 2:1 hisobi qayd etilib, turinliklarning g‘alabasi bilan yakunladi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Mexdi Benatiya turinliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim tugashiga ikki daqiqa qolganida Karlos Bakka muvozanatni tikladi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida milanliklar o‘n kishi bo‘lib qolishdi, Xose Ernesto Sosa ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydondan chetlatildi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda «Milan» himoyachisi Mattia De Shilo o‘z jarima maydoni ichida qo‘l bilan o‘ynadi, bu esa o‘z navbatida penalti belgilanishiga sabab bo‘ldi. O‘n bir metrlik jarima to‘pini Paulo Dibala aniq bajardi va «Yuventus»ga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Italiya chempionati 28-tur
Yuventus – Milan 2:1
Gollar: 1:0 – 30 Benatiya, 1:1 – 43 Bakka, 2:1 – 90+7, penalti Dibala.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Benatiya (Rugani, 78), Bardzali (Lixtshtayner, 46), Dani Alves, Xedira, Asamoa, Pyanich, Pyasa (Kin, 89), Dibala, Iguain.
Milan – Donnarumma, Sapata, Romanoli, De Shilo, Paletta, Pashalich (Poli, 71), Sosa, Deulofeu, Bertolachchi, Okampos (Vandjoni, 90), Bakka (Kuska, 55).
Ogohlantirishlar: Pashalich (23), Benatiya (36), Deulofeu (39), Okampos (57), Romanoli (61), Pyanich (78), Xedira (87), Sosa (89).
Chetlatish: Sosa (90). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi