Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 5-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi bokschilariga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida 1 aprel kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda Uzbek Tigers va Astana Arlans jamoalari qanday tarkibda ishtirok etishini ma’lum qilindi. O‘zbekistonlik bokschilar tarkibi quyidagicha:
-49 kilogramm: Hasanboy Do‘stmatov (Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari chempioni);
-56 kilogramm: Abdulhay Shorahmatov (O‘zbekiston chempioni);
-64 kilogamm: Elnur Abduraimov (Jahon chempionati sovrindori);
-75 kilogramm: Isroil Madrimov (Osiyo o‘yinlari kumush medal sovrindori);
+91 kilogramm: Zuhriddin Mahkamov (O‘zbekiston chempioni).
Astana Arlans ham ushbu uchrashuvga eng kuchli bokschilarini jalb etgan:
-49 kilogramm: Temirtas Jusupov (Osiyo chempioni)
-56 kilogramm: Ilyos Suleymenov (Osiyo o‘yinlari g‘olibi)
-64 kilogramm: (Dilmurod Mijitov) Qozog‘iston chempionati sovrindori
-75 kilogramm: Saparbay Aydarov (Qozog‘iston chempioni)
+91 kilogramm: Anton Pinchuk (Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi)
Uzbek Tigers WSB doirasida shu vaqtgacha 4 marta jang o‘tkazdi. O‘zbekiston vakillari avvaliga Xitoyda China Dragons jamoasidan 2:3 hisobida yengilgandi, keyingi turda Qozog‘istonda Astana Arlans jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-tur bahsida Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qildi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va safardagi mag‘lubiyat uchun qasos oldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi