22:41 / 27.03.2017
5 134

Suriya va Xitoy termalari O‘zbekistondan 3-o‘rinni tortib olishi mumkin...mi?

Suriya va Xitoy termalari O‘zbekistondan 3-o‘rinni tortib olishi mumkin...mi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga 28 mart kuni JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turida Qatarga qarshi bahs olib boradi.

Toshkentdagi uchrashuvda avvalgi turning ikki omadsiz, mag‘lubiyat alamini tortgan jamoalari maydonga tushadi.

O‘z uyida Eronga kichik hisobda yutqazgan Qatar jamoasi o‘sha kuni ancha mazmunli o‘yin ko‘rsatgan edi. Shuning uchun ushbu jamoa Toshkentdagi o‘yinda ijobiy natijaga erishadigan bo‘lsa, o‘z ochkolarini 7 taga etkazib, O‘zbekiston ayni paytda egallab turgan 3-o‘rin uchun kurash olib borayotgan Suriya va Xitoy jamoalari safiga qo‘shiladi.

Xalqaro ekspertlar ushbu turdan o‘rin olgan Janubiy Koreya-Suriya va Eron-Xitoy o‘yinlarida mehmonlarning muvaffaqiyat qozonishlari mumkinligini istisno etishmayapti. Ma’lumki, birinchi uchrashuvda ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari nursiz durang bilan yakunlangan edi.

Ammo o‘ta kuchli bo‘lgan Janubiy Koreyani enga olgan Marchelo Lippi shogirdlari bu safar Eronni ham shu tarzda yutishlari mumkinligiga ko‘pchilik ishonmoqda. Suriya esa nimalarga qodir ekanligini O‘zbekiston bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda namoyish etdi. Ulardan yana ancha ana shunday “syurpriz”larni kutsa bo‘ladi. Shunday ekan, 7 tur natijalariga ko‘ra Samvel Babayan shogirdlari g‘alabaga erisholmaydigan bo‘lishsa, guruhdagi 3-o‘rin uchun endi to‘rtta jamoa kurash olib boradigan bo‘ladi.


Manba: www.1news.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suriya va Xitoy termalari O‘zbekistondan 3-o‘rinni tortib olishi mumkin...mi?