10:12 / 18.04.2017
6 947

​“Barkamol avlod – 2017”: finalchilar ma’lum bo‘ldi

​“Barkamol avlod – 2017”: finalchilar ma’lum bo‘ldi
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchi-yoshlari Jizzax viloyatida o‘tadigan “Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari final bosqichiga chiqish uchun hududlarda terma jamoalar shakllantirilib, sport turlari bo‘yicha saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Qalampir.uz sayti xabar berdi.

Namangan viloyatida voleybol bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan musobaqa ham “Barkamol avlod – 2017” sport o‘yinlarining respublika final bosqichiga saralash vazifasini o‘tadi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda raqiblaridan har tomonlama ustunligini namoyish etgan Qashqadaryo, Navoiy, Andijon va Farg‘ona viloyatlari jamoalari nufuzli sport musobaqasining finalida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi. Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda Namangan, Andijon, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari sportchilari final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » ​“Barkamol avlod – 2017”: finalchilar ma’lum bo‘ldi