Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini munosib tarzda himoya qilayotgan bokschilarimiz ertaga yarim final bahslarida ringga ko‘tariladi deb xabar berdi Sports.uz nashri.
Kecha o‘tkazilgan chorak final janglarida to‘liq tarkib bilan ishtirok etgan Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar bokschisi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Ertangi yarim final bahslari ikki dasturga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Soat 14:00 da kunduzgi dasturga start berilsa, kechki dastur soat 18:00 da boshlanadi.
Yarim finalning kunduzgi dasturini Jasurbek Latipov qozog‘istonlik Azamat Issakulovga qarshi jang bilan boshlab beradi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirokidagi yarim final janglarining boshlanish vaqti.
Kunduzgi dastur (14:00)
14:00. Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) – Azamat Issakulov (Qozog‘iston)
14:30. Murodjon Ahmadaliev (O‘zbekiston) – Younhun Han (Janubiy Koreya)
15:15. Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) – Jun Shan (Xitoy)
15:45. Isroil Madrimov (O‘zbekiston) – Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
16:00. Bektemir Meliqo‘ziev (O‘zbekiston) – Jyabin Huan (Xitoy)
Kechki dastur (18:00)
18:00. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) – Amit (Hindiston)
18:40. Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) – Bekdavlat Ibragimov (Qozog‘iston)
19:00. Shaxram G‘iyosov (O‘zbekiston) – Sajjad Kozimzodaposhtiri (Eron)
19:30. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Muhammad Mulaes (Suriya)
Izoh: janglarning boshlanish vaqti undan avval o‘tkaziladigan janglarning davomiyligiga qarab o‘zgarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi