Ispaniya soliq xizmatining ma’lum qilishicha, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2011 dan 2013 yilgacha soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan va buning oqibatida g‘aznaga 8 million evro kelib tushmagan, deya Stadion sayti xabar tarqatdi.
Hozirda soliq xizmati portugaliyalik futbolchining harakati jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik ekanini aniqlamoqda. Gap shundaki, mamlakat moliya organi surishtiruv e’lon qilganidan so‘ng, Ronaldu o‘z ishlarini tartibga keltirishga shoshilgan. Bu masala hozir prokuratura zimmasida. Agar Ronalduning harakatlari ma’muriy huquqbuzarlik deb topilsa, u davlat g‘aznasiga 8 mln. evro to‘laydi. Agar uning ishi soliqqa oid jinoyat deb topilsa yana o‘sha summadagi jarima bilan 4 oylik qamoq jazosi tayinlanadi.
Avvalroq Ispaniya Oliy sudi “Barselona” hujumchisi Lionel Messini 21 oy qamoq jazosiga hukm qilganligi haqida xabar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi