18:01 / 01.06.2017
4 811

Vadim Abramov: "Neftchi"ga yordam berish uchun keldim...

Vadim Abramov: "Neftchi"ga yordam berish uchun keldim...
Biz bu yangilikdan boxabar bo‘lgach, issig‘ida u kishidan intervyu oldik.

- Vadim Karlenovich, birinchi navbatda "Neftchi" futbol klubida ish boshlaganingiz bilan tabriklaymiz. Sizga yangi jamoada ulkan zafarlar va omad tilab qolamiz.
- Meni unutib qo‘ymaganingiz uchun rahmat. Nasib qilsa hammasi yaxshi bo‘ladi.

- Jamoani kecha qabul qilib oldingizmi?

- Kecha Namangan shahrida kechgan Kubokning javob bahsini kuzatdim. Garchi "Neftchi" mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra "Neftchi" keyingi bosqichga yo‘l oldi. Kecha klub rahbariyati bilan uchrashib, ba’zi masalalarni hal qilib oldik.

- Kechagi o‘yinda "Neftchi" qanday taassurot qoldirdi?

- Jamoa yomon emas, lekin oliy liga turnir jadvalida pastki o‘rinlarda borayotgani g‘alati. O‘ylaymanki, vaqt o‘tishi bilan hammasini yaxshi tomonga o‘zgartiramiz.

- Oliy ligada ikki haftalik tanaffus boshlandi. Bu sizga yordam berishi mumkin to‘g‘rimi?

- Men ham shunga umid qilyapman. Lekin men sehrgar emasman va ikki hafta ichida birdaniga o‘zgarish qila olmayman. Eng avvalo futbolchilar bilan yaqindan tanishib olishim lozim. Shundan so‘ng mashg‘ulotlarga o‘tamiz. Men ularga nima xohlayotganimni tushuntirishim kerak.

- Murabbiylar shtabini aniqlab oldingizmi?
- O‘ylaymanki, muammo murabbiylar shtabida emas, balki futbolchilarda. Jamoada yaxshi murabbiylar ishlayapti. Birinchi davra tugashiga uch tur qoldi va mana shu uchta o‘yinda o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak. Keyin esa davralar oralig‘ida seleksiyaga e’tibor qaratamiz.

- Ikki haftalik tanaffusda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladimi?
- Hozirdan bir narsa deyish qiyin. Chunki eng avval bo‘lib o‘tgan o‘yinlarni tahlil qilib chiqamiz va keyinroq bir qarorga kelamiz. Balki "Qo‘qon-1912"ga qarshi nazorat bahsi tashkil qilarmiz.

- Murabbiylardan sizga kim yordam beradi?

- Menimcha, Andrey Fyodorov jamoada qoladi. Men "Neftchi"ga yordam berish uchun keldim, kimnidir o‘rnini egallash uchun emas.

- Kubokning chorak finalida "Neftchi" "Bunyodkor"ga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yinlar ham qiziq kechsa kerak? Bundan tashqari, muxlislar yana Abramov - Qosimov qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishadi.

- Ko‘ramiz. Albatta, muxlislarga intriga kerak. Ular chiroyli futbol ko‘rishni xohlashadi. Biz esa birinchi navbatda muxlislarni yana stadionga qaytarish haqida o‘ylashimizlozim. Chunki oxirgi paytlarda muxlislar ko‘rsatkichi bo‘yicha Farg‘ona juda pasayib ketdi. Ishqibozlarni aldab bo‘lmaydi. Futbol - bu shou, shou yomon o‘tsa kim ham stadionga keladi.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Manba : championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Neftchi"ga yordam berish uchun keldim...