03:35 / 09.06.2017
7 378

Termizdagi stadionda ommaviy mushtlashuv yoxud vrach erda yotgan futbolchini tepib tashladi (Video)

Termizdagi stadionda ommaviy mushtlashuv yoxud vrach erda yotgan futbolchini tepib tashladi (Video)
4 iyun, yakshanba kuni Termiz shahrida 19:00 da start olgan O‘zbekiston Birinchi ligasi 13-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Andijon” uchrashuvida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. Uchrashuvga tayinlangan toshkentlik hakam Igor Xudaydatov o‘yinning so‘nggi daqiqalarida birdaniga sakkiz futbolchini maydondan chetlatdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti. Janjal uchrashuvga qo‘shib berilgan 4 daqiqa ichida sodir bo‘lgan. Mazkur videolavhada erda yotgan “Andijon” futbolchisini “Surxon” klubi vrachi oyog‘i bilan boshiga tepganini ham ko‘rishingiz mumkin.

PFL qarori

Bugun, 8 iyun kuni O‘zPFL tashkiloti qoshida joylashgan tartib-intizom qo‘mitasi voqea yuzasidan rasmiy bayonot berib, mushtlashuv qatnashuvchilari ustidan qaror qabul qildi.

“Surxon” klubi a’zolari uchun:

Yarim himoyachi Timur Mamadaliev (Tartib-intizom kodeksi 3-bo‘lim, 5.45 bandi va “i”, “p” bandlariga asosan) 9 ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi. Himoyachi Sanjar Shomurodov (Tartib-intizom qo‘mitasi 3-bo‘lim, 5.45 bandi va “e”, “i”, “k”, “o” hamda “p” bandlariga asosan) mavsum oxiriga qadar chetlatildi va jarimaga tortildi. Yana bir himoyachi Najmiddin Normurodov 5 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va jarimaga tortildi. Hujumchi Akmal Abdurahmonov 2 ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi. Klub vrachi Faxriddin Abdusamatov agressiv xatti-harakatlari hamda “Andijon” PFK futbolchisiga jarohat etkazgani uchun egallab turgan lavozimidan chetlatildi va bundan buyon O‘FF hamda PFL tasarrufidagi musobaqalarda ishlash vakolatidan mahrum etildi.

“Andijon” klubi a’zolari uchun:

Yarim himoyachi Ibrohim Otaxonov 4 ta o‘yinga chetlatildi va jarimaga tortildi. Yarim himoyachi Farhod Bekmurodov 3 ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi. “Andijon”ning yana bir yarim himoyachisi Sanjar Asqaraliev 4ta uchrashuvga chetlatildi va jarimaga tortildi. “Andijon” himoyachisi Akbar Xo‘jaev 2ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va jarimaga tortildi.

Ma’lumot uchun: Sariq libosda “Surxon”, oq libosda “Andijon” futbolchilari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Termizdagi stadionda ommaviy mushtlashuv yoxud vrach erda yotgan futbolchini tepib tashladi (Video)