14:07 / 04.07.2017
5 435

Qatar termasida ham murabbiy o‘zgardi

Qatar termasida ham murabbiy o‘zgardi
JCh-2018 saralashi yo‘lida O‘zbekiston milliy terma jamoasining raqiblaridan biri bo‘lgan Qatar terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi.

Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, qatarliklarni 2016 yil sentyabr oyidan buyon boshqarib kelgan Xorxe Fossati iste’fo bergan edi.

Qatar Futbol Federasiyasi rasmiy saytida yozilishicha, uning o‘rniga shu vaqtga qadar Qatar yoshlar terma jamoasida ishlab kelgan Feliks Sanches bosh jamoaga murabbiy etib tayinlangan.

Uning debyut o‘yini 31 avgust kuni JCh-2018 saralash bosqichi 9-turida Suriyaga qarshi o‘yinda bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Qatar terma jamoasi ayni vaqtda JCh-2018 saralashida guruhdagi 6 jamoa orasida 5-o‘rinni egallab turibdi.


Manba: www.sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qatar termasida ham murabbiy o‘zgardi