23:08 / 06.08.2017
4 900

«Arsenal» «Chelsi»ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi

«Arsenal» «Chelsi»ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Angliya Superkubogi finalidan o‘rin olgan uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda o‘yinning asosiy bo‘limlarida 1:1 durang natijasi qayd etildi.
Viktor Mozesning 46-daqiqada urgan goli o‘yinda hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada “Arsenal” himoyachisi Sead Kolashinas hisobni tenglashtirdi.

Shundan so‘ng, jamoalar penaltilar seriyasiga yo‘l olishdi. “Chelsi” tarkibidan Tibo Kurtua va Alvaro Moratalar 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshira olishmadi va yakunda “Arsenal”ga mag‘lubiyatga uchrashdi.

London shahri, “Uembli” stadioni.

“Arsenal” – “Chelsi” – 1:1 (0:0)
Gollar: Kolashinas 82 — Mozes 46.

Penaltilar seriyasi: 4:1
“Arsenal”: Chex, Mertezaker (Kolashinas 32), Monreal, Belerin, Xolding, El-Nenni, Oksleyd-Chemberlen, Djaka, Ayvobi (Uolkott 67), Uelbek (Nelson 87), Lyakazett (Jiru 66).

“Chelsi”: Kurtua, Aspilikueta, David Luis, Keyxill, Mozes, Villian (Musonda 82), Fabregas, Pedro, Kante, Alonso (Ryudiger 79), Batshuayi (Morata 74).

Ogohlantirishlar: Aspilikueta 13, Belerin 15, Alonso 35. Villian 37.
Chetlatish: Pedro 80.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Arsenal» «Chelsi»ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi