«Barselona» Neymarning transferidan «Santos»ga foiz to‘lamoqchi emas

  • 07 avgust 2017, 11:01
  • 3 958
  • Sport
  • «Barselona» Neymarning transferidan «Santos»ga foiz to‘lamoqchi emas
    Neymar «PSJ»ga transfer qilinganidan keyin uning birinchi jamoasi «Santos» klubi rahbariyati «Barselona» ofisiga rasmiy maktub yo‘llagan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

    Marca xabarida aytilishicha, maktubda «Santos» kataloniyaliklar jamoasidan o‘z tarbiyalanuvchisining transferidan tushgan mablag‘ning 5 foizini (taxminan 8,9 mln evro) talab qilgan. Bundan tashqari, braziliyaliklar klublar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning bandi buzilgani uchun 4,5 mln evro to‘lanishini so‘rashgan. Kelishuvga ko‘ra, «Barselona» «Santos» bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi lozim edi. Ulardan biri 2013 yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchisi hali tashkil etilmagan.

    «Barselona» esa Neymar transfer qilinmaganini, futbolchi shaxsiy shartnomada ko‘rsatilgan badal puli (222 mln. evro) uchinchi tomon orqali to‘langani hamda futbolchi erkin agentga aylanib, so‘ngra jamoani tark etganini dastak qilmoqda. Neymar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa jamoaga transfer qilinganida «ko‘k-anorranglilar» «Santos» 5 foiz miqdorida pulni to‘lab berishi mumkin edi.

    Shu bilan birgalikda «Santos» 4,5 mln evro miqdoridagi pulni undirishi mumkin. Bu masala bilan huquqshunoslar shug‘ullanishadi.

    » » «Barselona» Neymarning transferidan «Santos»ga foiz to‘lamoqchi emas