Lionel Messi Ispaniya chempionatini tark etishi mumkin.
Tribuna.uz nashri yozishicha, futbolchining otasi Xorxe Messi o‘z o‘g‘lining «Manchester Siti»ga transferi borasida muzokara boshladi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar futbolchi katalonlar klubi bilan shartnomasi muddati yakunlanishini istashmoqda.
Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi Xosep Gvardiola jamoasiga tekinga borib qo‘shilishi mumkin bo‘ladi. Futbolchi 2018 yil yozigacha tuzilgan shartnomasini uzaytirmay kelmoqda.
Shu kunlarda «Barselona» prezidenti Messi yangi shartnomaga imzo chekib bo‘lganini aytmoqda. Lekin bu shartnoma haqida e’lon qilinmadi.
Bundan avvalroq futbolchi jamoaning transfer siyosatidan norozi ekani va klubni tark etmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Shuningdek, Manchester jamoasi futbolchi transferi uchun 300 mln evro sarflashi mumkinligi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi
Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film
Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi