22:40 / 28.09.2017
4 910

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi mutaxassislarni ishga qabul qiladi

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi mutaxassislarni ishga qabul qiladi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasidagi quyida keltirilgan boshqarma va bo‘limlarga tanlov asosida mutaxassislar ishga taklif qilinadi:
  • Matbuot xizmati (ingliz, rus va o‘zbek tillarini biladigan jurnalistlar);
  • Xalqaro aloqalar boshqarmasi;
  • Xavfsizlik boshqarmasi;
  • Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘linmasi;
  • Kadrlar boshqarmasi;
  • Ilmiy-uslubiy ta’minot bo‘limi;
  • Moliya-iqtisod boshqarmasi;
  • Xo‘jalik ishlari xizmati;
  • Marketing boshqarmasi;
  • Bolalar-o‘smirlar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi;
  • Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi;
  • Terma jamoalar boshqarmasi;

Nomzodlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
  • soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • futbol va sport sohasidagi strukturadagi ish tajribasi;
  • futbol va sport sohasidagi me’yoriy xujjatlar haqida bilimga ega bo‘lishi;
  • xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilishi;
  • kompyuter va internetdan samarali foydalanish, prezentatsiyalarni tayyorlashni o‘zlashtirgan bo‘lishi;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;

Shuningdek, buxgalter, kassir, shifokor, psixolog, ish va arxiv yurituvchi, elektrik, santexnik, bug‘ qozonlar mutaxassisi, omborxona mudiri, oshpaz, haydovchi, IT mutaxassis, bog‘bon, farroshlar ham ishga taklif qilinadi.

Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotnoma (rezyume)ni [email protected] elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-51 faksga yuborishlari kerak. Komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan xabar beriladi va suhbatga taklif etiladi.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi mutaxassislarni ishga qabul qiladi