4-7 oktyabr kunlari mobaynida Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi, deb xabar qiladi Kun nashri.
O‘zbekiston jamoasi turnirga 10 nafar bokschi bilan yo‘l olgandi. Ularning 9 nafari yarim finalga yetib bordi. 7 oktyabr kungi final uchrashuvlarida o‘zbekistonlik 6 nafar nafar bokschi oltin medallar uchun ringga chiqishdi.
Final janglarida O‘zbekistonning 4 nafar vakili g‘olib chiqdi. Bular - Elnur Abduraimov (64 kg), Mahmud Gaipov (69 kg), Isroil Madrimov (75 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg).
Mironshoh Ibrohimov (49 kg), Murodjon Axmadaliyev (60 kg) va Sanjar Tursunov (91 kg) bronza medallari bilan kifoyalangan bo‘lsa, Otabek Xolmatov (56 kg) hamda Madiyar Saidrahimov (81 kg) finalda yutqazib, kumush medal olishdi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschilar 4 oltin, 2 kumush va 3 bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...