17:00 / 10.10.2017
5 342

JCh-2018 saralash. Qit’alararo pley-offda ishtirok etadigan Osiyo jamoasi ma’lum bo‘ldi

JCh-2018 saralash. Qit’alararo pley-offda ishtirok etadigan Osiyo jamoasi ma’lum bo‘ldi
Osiyo mintaqasidan o‘rin olgan JCh-2018 saralash pley-off bosqichi doirasida Avstraliya va Suriya o‘rtasida javob o‘yini bo‘lib o‘tdi. Yashil qit’a vakillari katta qiyinchilik bilan keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq suriyaliklar Umar as-Somaning goli evaziga hisobni ochishdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib Tim Keyxill muvozanatni tikladi. Natijada avstraliyaliklarning safardagi gol borasidagi ustunligi yo‘qqa chiqdi. Ushbu hisob asosiy vaqtda o‘zgarmadi. Natijada ushbu bahsda qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi.

Aynan qo‘shimcha bo‘limlar boshlangan paytda e’tiborli holat kuzatildi. Uchrashuvni boshqarib borayotgan o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov o‘rniga zaxira hakami Ilgiz Tantashev bosh hakamga aylandi. Ma’lumotlarga qaraganda, Ermatov jarohat olgan.

Tantashev o‘yinni boshqara boshlagach, suriyalik Mahmud al-Mavas ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan Avstraliya terma jamoasi, bundan samarali foydalandi. 109-daqiqada yana o‘sha Keyxill jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘yin tugashi arafasida Suriya hisobni tenglashtirishiga bir baxya qoldi. Davroza ustuni Avstraliyani goldan qutqarib qoldi. Shu tariqa, 210 daqiqa davomi etgan ikkita o‘yin natijasida Avstraliya keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ularga KONKAKAF mintaqasining to‘rtinchi jamoasi raqiblik qildi. Bu Panama yoki Gonduras termalaridan biri bo‘ladi.

JCh-2018 saralash. Osiyo, pley-off, javob o‘yini
AVSTRALIYa - SURIYa 2:1. Asosiy vaqt — 1:1. Qo‘shimcha bo‘limlar — 1:0

Gollar: Tim Keyxill (13, 109) — Umar as-Soma (6)
Dastlabki o‘yin — 1:1

Manba: stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018 saralash. Qit’alararo pley-offda ishtirok etadigan Osiyo jamoasi ma’lum bo‘ldi