03:08 / 11.10.2017
4 677

“Barselona” Ispaniya chempionatini tark etish niyatida emas

“Barselona” Ispaniya chempionatini tark etish niyatida emas
“Barselona” rahbariyati Kataloniya mustaqilligi uchun o‘tkazilgan referendumdan so‘ng jamoani boshqa ligada o‘ynatish niyatida emas.

“Barselona” Kataloniya futbol federatsiyasi a’zosi hisoblanadi. Kataloniya FFsi esa Ispaniya FF tomonidan o‘rnatilgan tartib-qoidaga bo‘ysunadi.

Shu bois “Barselona” Kataloniya rasman o‘z mustaqilligini e’lon qilgan taqdirda ham primero va Ispaniya kubogida ishtirokini davom ettiradi. Ispaniya ligasi rahbariyati ham “Barselona”ni chempionatdan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” Ispaniya chempionatini tark etish niyatida emas