10:28 / 24.11.2017
5 868

Hasanboy, Isroildan g‘alaba va bugun vakillarimiz ishtirokida yana 3ta jang bo‘ladi

Hasanboy, Isroildan g‘alaba va bugun vakillarimiz ishtirokida yana 3ta jang bo‘ladi
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi” ilk kungi bellashuvlari yakuniga yetdi. Kechagi qarama-qarshiliklarda 4 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi.

75 kg vazn toifasida ringga chiqqan Isroil Madrimov qozog‘istonlik Amandik Manashevni ishonchli tarzda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bugun u rossiyalik Vladimir Mirochnikov bilan kuch sinashadi.

Ushbu turnirda o‘z vaznini o‘zgartirib, 52 kgda jang qilayotgan Hasanboy Do‘smatov ozarbayjonlik Goshkar Safarlidan ustun kelgan bo‘lsa, Iqboljon Xoldorov (64 kg) rossiyalik Nurali Aliyevni mag‘lub etdi.

Afsuski, 52 kgda yana bir vakilimiz Jasurbek Latipov ilk to‘qnashuvdayoq imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Bugun ringga chiqadigan bokschilarimiz:

64 kg
Iqboljon Xoldorov – Aleksey Klimsev (Rossiya)

75 kg
Isroil Madrimov – Vladimir Mirochnikov (Rossiya)

82 kg
Sanjar Tursunov – Vladislav Levsha (Latviya)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy, Isroildan g‘alaba va bugun vakillarimiz ishtirokida yana 3ta jang bo‘ladi