11:52 / 06.12.2017
4 379

YeChL. “S” va “D” guruhlaridagi yakuniy natijalar

YeChL. “S” va “D” guruhlaridagi yakuniy natijalar
Bugun, 6 dekabr kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

6-turdagi yakuniy natijalarga ko‘ra, “S” va “D” guruhlarida musobaqaning pley-off va Yevropa Ligasida 1/16 final bosqichlarida ishtirok etadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Ya’ni o‘z maydonida Ozarbayjonning kamtarona “Qorabog‘” klubini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Italiyaning “Roma” jamoasi guruhda peshqadam sifatida musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Safarda “Chelsi” bilan durang qayd etgan Madridning “Atletiko” klubi YeChLdagi ishtirokini yakunlab, qolgan ishtirokni Yevropa Ligasiningn 1/16 final bosqichida davom ettiradigan bo‘ldi.

Qiziqarlisi, “Chelsi” futbolchilari mazkur uchrashuvda gol urishmadi. O‘yinda kiritilgan yagona golga “Atletiko” himoyachisi Dushan Savich mualliflik qildi.

Guruhda ikkinchi o‘rinni band etgan “Chelsi” ham xuddi “Roma” singari keyingi bosqichda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
“Qorabog‘” jamoasi afsuski, nufuzli turnirdagi ishtirokini mana shu yerda yakunladi.

“S” guruhi.
“Roma” – “Qorabog‘” 1:0.
Gol:
Perotti (53).

“Roma”: Alisson, Manolas, Fasio, Kolarov, Florensi, Strotman, De Rossi, Nainggolan, Perotti (Pellegrini 81), El-Shaaravi (Jerson 72), Jeko.
“Qorabog‘”: Sexich, Yunuszoda, Jejnichak, Medvedev, Gerre, Michel, Garayev, Richard, Ismoilov (Kintana 76), Madatov (Ramazanov 85), Ndlovu (Sheydayev 85).
Ogohlantirishlar: Gerre 42, Michel 57, Yunuszade 61, Jeko 61, Jejnichak 88.

“Chelsi” – “Atletiko” 1:1.
Gollar:
Savich (73, avt) - Niges (55).

“Chelsi”: Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Keyxill, Dzappakosta (Villian 73), Kante, Bakayoko (Pedro 64), Mozes, Fabregas, Azar, Morata (Batshuayi 81).
“Atletiko”: Oblak, Savich, Luis, Ximenes (Vetto 79), Ernandes, Gabi (Korrea 78), Koke, Partey, Niges, Grizmann, Torres (Ferreyra Karrasko 57).
Ogohlantirishlar: Ernandes 16, Dzappakosta 52.

Shuningdek, “D” guruhida ham keyingi bosqich masalasini hal etgan ikki jamoa nomiga aniqlik kiritildi.

Safarda Gretsiyaning “Olimpiakos” klubidan 2:0 hisobida ustun kelgan “Yuventus” “D” guruhida 11 ochko jamg‘arib, “Barselona”dan keyin pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.

“Olimpiakos” – “Yuventus” uchrashuvi bilan parallel o‘tkazilgan yana bir bahsda muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal etishga ulgurgan “Barselona” raqibi ustidan zafar quchdi

Hashamatli “Kamp Nou” stadionida Portugaliyaning “Sporting” klubini qabul qilgan “Barselona” hujumchi Alkaser va yana bir avtogol evaziga o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi.

Avtogolni esa joriy yilgi tranferlar mavsumida “Barselona” klubini tark etib, “Sporting”ga o‘tib ketgan Jeremi Mat’e kiritdi.
Jeremi o‘z jamoasi safida gol urish o‘rniga, aksincha sobiq jamoasi foydasiga ishlab berdi.

Mag‘lubiyatga uchragan “Sporting” jamoasi esa ishtirokini Yevropa Ligasining 1/16 final bosqichida davom ettiradigan bo‘ldi.
So‘nggi o‘rinni band etgan “Olimpiakos” esa YeChLdagi ishtirokini to‘xtatdi.

“D” guruhi.

“Olimpiakos” – “Yuventus” – 0:2.
Gollar:
Kuadrado (15), Bernardeski (89).

“Olimpiakos”: Proto, Engels, Elabdellaui, Romao, Kurtis, Taxsidis, Ojija-Ofoye (Fortunis 62), Nikolau, Pardo, Jurjevich (Ben Nabuan 70), Seba (Marin 46).
“Yuventus”: Shesni, De Shilo, Benatiya, Barsali (Rugani 70), Sandro, Matyuidi, Xedira, Kuadrado (Bernardeski 84), Kosta, Dibala (Pyanich 62), Iguain.
Ogohlantirishlar: Kurtis 32, Jurjevich 43, Benatia 49, Nikolau 55.

“Barselona” – “Sporting” 2:0.
Gollar:
Alkaser (59), Mate (avtogol 90+1).

“Barselona”: Sillessen, Vermalen, Pike (Buskets 64), Din, Vidal (Messi 61), Rakitich, Gomesh, D. Suares, Semedu, Alkaser, L. Suares (Paulino 75).
“Sporting”: Patrisiu, Koates, Ristovski (Martinsh 46), Pichchini, Mate, Fernandesh, Karvalyu, Sezar (Koentrau 64), Battalya, Akunya, Ruis (Dost 46).
Ogohlantirishlar: Ruis 30, Semedu 35.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YeChL. “S” va “D” guruhlaridagi yakuniy natijalar