19:10 / 21.01.2018
4 531

JCh-2022 mezbonligi bo‘yicha qiziqarli tafsilotlar paydo bo‘ldi

JCh-2022 mezbonligi bo‘yicha qiziqarli tafsilotlar paydo bo‘ldi
Qatarning davlat telkanali sanalgan beIN Sports FIFAga mamlakat JCh-2022 musobaqasi mezbonligini qo‘lga kiritishi uchun 100 million dollar miqdorida mablag‘ bergan. Bu haqda The Mail on Sunday nashri xabariga asosan Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, bu ma’lumotlarni FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter bilan ochiq intervyu qilgan Bonita Mersiades o‘zining kitobida yozib qoldirgan. Mansabdorning aytishicha, u JCh-2022 mezbonini oldindan bilgan, buni ovoz berishda Qatarni qo‘llab-quvvatlagan Mishel Platinidan eshitgan. O‘shanda Blatter va beIN Sports o‘zaro kelishib olishgan, shuningdek, ular FIFA rahbarligi uchun saylovlarda o‘sha vaqtlarda OFK prezidenti bo‘lgan Muhammad Bin Hammomning ishtirok etmasligi bo‘yicha ham kafolat olgan.

Blatter Qatarning g‘alabasiga shunchalik ishonchi komil bo‘lganki, u hattoki AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Barak Obamaga telefon qilib, mezbonlik uchun asosiy da’vogar sifatida qaralayotgan AQSh arizasi mag‘lubiyatga uchraganini aytgan.

FIFA sobiq rahbari shuningdek, avvaliga Avstraliyani qo‘llab-quvvatlagan Frans Bekkenbauer Qatardan pora olgach, ovozini o‘zgartirgani haqida ham gapirib bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2022 mezbonligi bo‘yicha qiziqarli tafsilotlar paydo bo‘ldi