08:30 / 04.03.2018
4 235

O‘zbekistonlik legionerlar soni yana bittaga oshdi

O‘zbekistonlik legionerlar soni yana bittaga oshdi
“Bunyodkor” yarimhimoyachisi Shohruh Gadoyev faoliyatini xorijda davom ettiradi. Bu haqda Mirjalol Qosimov AGMK klubiga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

«Shohruh jamoamizga kelib qo‘shilganida, agar xorijdan taklif bo‘lsa, qo‘yib yuborishimizni so‘ragandi, rozi bo‘lgandik.

Shu kunlarda unga taklif tushdi va biz uni qo‘yib yuborishga qaror qildik. Ikkala jamoa kelishuvga erishdi. Ammo rasman bu transfer amalga oshmasidan turib klub nomini ayta olmayman», deya gapirib o‘tdi Qosimov.

Eslatib o‘tamiz, Gadoyev bungacha Bahrayn chempionatida legioner sifatida o‘ynab qaytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik legionerlar soni yana bittaga oshdi