20:22 / 04.03.2018
3 992

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bu safar raqibimiz ancha jiddiy”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Bu safar raqibimiz ancha jiddiy”
“Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev OCHL 3-turi doirasida “As-Sadd”ga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Assalomu alaykum, OCHL musobaqalari katta nufuzga ega hisoblanadi. Bu musobaqada kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Ushbu musobaqada qatnashish uchun guruh bosqichiga chiqqanmiz. “Al Sadd” jamoasi ham guruhimizdagi jiddiy raqiblardan biri hisoblanadi. O‘zingizga ma’lum, ular guruhdagi o‘tgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Tarkibida yuqori ijroga ega futbolchilar talaygina.

Bunaqa o‘yinlarda futbolchilarning ruhiy tayyorgarligi katta ahamiyat kasb etadi. Shularni hisobga olib, bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘rdik. Umid qilamanki, yigitlarimiz muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchlarini ishga solishadi. Ulardan maydonda erkin harakat qilishi talab etiladi.

Jamoamizda yo‘qotishlar yo‘q. Hamma futbolchilarimiz o‘yinga tayyor. Hujumchimiz Dragan Cheran Farg‘onada bo‘lgan o‘yinda maydonga tushmadi. Unda kichik jarohat bor edi. Biz tavakkal qilishni hohlamadik. Ammo u bugun mashg‘ulotlarimizga qo‘shildi va ertaga bo‘ladigan o‘yinda jamoamizga yordam beradi.

Doniyor Narzullayev hozir Toshkentda, shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Uning ahvoli ancha yaxshi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, u tezroq safga qaytib jamoadoshlarimga yordam beray deyapti. Umid qilamamizki, futbolchimiz yaqin kunlarda mashg‘ulotlarimizga qo‘shiladi.

Bobir Abduxoliqov: - Ertaga bizni qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Bizga raqib qanday kuchga ega ekanligini unchalik ahamiyati yo‘q. Ammo raqibimizni hurmat qilamiz. Biz ertaga muxlislarimizni xursand qilish maqsadida, g‘alaba uchun maydonga tushamiz. G‘alaba qozonish uchun borimizni beramiz.Kamchilik har jamoada ham bo‘ladi, biz ham raqibni yaxshi o‘rgandik. Ertaga raqibni xato va kamchiliklaridan foydalanishga urinamiz.

Manba: www.fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: “Bu safar raqibimiz ancha jiddiy”