01:05 / 08.03.2018
3 881

Oskarning dubli Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” ni mag‘lubiyatdan qutqardi

Oskarning dubli Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” ni mag‘lubiyatdan qutqardi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi Chempionlar Ligasining 3-turidan keyin ham peshqadamligini saqlab qoldi.

Shanxayliklar dastlabki ikki turda Yaponiya va Avstraliya klublarini taslim qila olgandi. Bu safar ular Janubiy Koreya jamoasi bilan jangovor durang qayd etdi. Har ikki safar koreyaliklar hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, bunga ikki daqiqa ichida Oskar javob berib turdi.

Odil Ahmedov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi hamda 88-daqiqada o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Uning qatorida braziliyalik uch legioner — Oskar, Elkesen hamda Xalk ham bellashuvda ishtirok etdi.

“F” guruhi. 3-tur
7 mart, chorshanba

“Shanxay SIPG” — “Ulsan Xyundai” 2:2
Gollar:
Richard Vindbichler, 37 (0:1). Oskar, 39 (1:1). Kim In Sung, 68 (1:2). Oskar, 70 (2:2).

“Kavasaki Frontale” — “Melburn Viktori” 2:2
Gollar:
Elsinyo, 28 (1:0). Besart Berisha, 36 (1:1). Noborizato, 55 (2:1). Leroy Jorj, 93+ (2:2).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oskarning dubli Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” ni mag‘lubiyatdan qutqardi