15:01 / 27.05.2018
3 464

Zayniddin Zidan: Bu «Real»ning oxiri yo‘q

Zayniddin Zidan: Bu «Real»ning oxiri yo‘q
«Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Liverpul» jamoasiga qarshi YeChL final o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi (3:1). Madridliklar ushbu sovrinni ketma-ket 3-marotaba qo‘lga kiritishdi.

«Biz hozir ko‘rib turgan narsamiz – shunchaki fantastik holat. Mening hatto tilim ham ojiz. Men futbolchilarga ushbu lahzalardan bahra olishini aytdim – chunki bunaqasi hayotda yana takrorlanmaydi.

Bugun eng asosiysi – bu bizning jamoaviy yutug‘imiz, futbolchilar eng samimiy qutlovlarga loyiq. Ishoning bunaqasini takrorlash juda mushkul. Bu jamoadagi eng yaxshisi shuki – uning oxiri yo‘q.

Hech qanday sir yo‘q. Og‘ir mehnat bor, iste’dodli futbolchilar bor. Biz bu jamoa ko‘p narsalarga qodir ekanligini bilar edik. Ular juda ham ko‘p ishlashdi va yangi g‘alabalarga doimo och va bu narsa bugun ham takrorlandi. Men murabbiylik faoliyatimni endi boshladim va aqlbovar qilmas lahzalarni boshimda o‘tkazmoqdaman. Buni albatta nishonlash kerak!

Men uchun eng qiyini finalgacha yetib kelish – biz «PSJ», «Yuve» va «Bavariya» klublarini ortda qoldirdik va keyin ajoyib mavsum o‘tkazgan «Liverpul».

Krishtianuning goli (Turindagi), Beylning bugungi goli va mening golim tarixda qolishi kerak», - deydi Zidan.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zayniddin Zidan: Bu «Real»ning oxiri yo‘q