23:06 / 13.07.2018
3 774

«Lokomotiv» kamchilik qolgan «Navbahor»ni taslim etdi (video)

«Lokomotiv» kamchilik qolgan «Navbahor»ni taslim etdi (video)
PEPSI Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Navbahor" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, biroq birinchi bo‘lib gol urish mezbonlarga nasib etdi. 11-daqiqada Marat Bikmayev qanotdan uzatib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq joylab qo‘ydi.

28–daqiqada mehmonlar himoyachisi Davron Xoshimov ikkinchi marta sariq kartochka olib maydonni tark etdi. Sondagi ustunlikdan “temiryo‘lchilar” unumli foydalanishdi. Birinchi bo‘lim tugashi arafasida Bikmayev aniq pas bilan Sardor Rashidovni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, sal oldin penaltini golga aylantira olmagan Rashidov raqib posbonini aldagan holda bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘lim debyuti mehmonlan uchun omadli keldi, Sherzod Karimov o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatdi, kutilmagan Kaxi Maxaradzi to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. Shundan so‘ng ustunlik mehmonlar tomonida bo‘ldi, biroq bu ustunlikni namanganliklar golga aylantira olmadilar. hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Temurxo‘ja Abduholiqov jamoasining qarshi hujumini gol bilan yakunladi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

PEPSI Superliga, 14-tur

"Lokomotiv" – "Navbahor" 3:1 (2:0, 1:1)

Gollar:
1:0 – 11 Bikmayev, 2:0 – 43 Rashidov, 2:1 – 49, avtogol Maxaradze, 3:1 – 90+3 Abduholiqov.

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 7. Sadriddin Abdullayev (22. Sanjar Shoahmedov, 83), 9. Ikrom Aliboyev, 10. Marat Bikmayev (11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 67), 15. Sardor Mirzayev, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 27. Sardor Rashidov (19. Xusniddin G‘ofurov, 63), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 33. Oleg Zoteyev, 88. Igor Yelich.

"Navbahor": 45. Akbar To‘rayev, 5. Igor Golban, 7. Sherzodbek Karimov (30. Darko Nikach, 74), 8. Ayubxon No‘’monov, 9. Dilshod Jabborov (6. Oston O‘runov, 46), 10. Azizbek Turg‘unboyev, 15. Azamat Allaniyozov (17. Sardor Sulaymonov, 46), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zamjon Aliyev, 24. Davronbek Hoshimov, 32. Jahongir Mehmonov.

Ogohlantirishlar: Hoshimov (4), Aliboyev (88).
Chetlatish: Hoshimov (28).

Foto: championat.asia

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» kamchilik qolgan «Navbahor»ni taslim etdi (video)