15:50 / 03.08.2018
3 341

No‘’mon Hasanov: «Bunyodkor»ni o‘z maydonida mag‘lub etishni hamma ham eplay olmaydi

No‘’mon Hasanov: «Bunyodkor»ni o‘z maydonida mag‘lub etishni hamma ham eplay olmaydi
Pepsi Superligasi 20-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi No‘’mon Hasanov ishtirok etdi.

– “Bunyodkor” juda yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. Shuning uchun bugungi g‘alabani kutilmagan deyish mumkin. “Qaldirg‘ochlar”ning o‘rta chizig‘ida Ibrohimov, Sobirxo‘jayev va Haydarov singari tajribali futbolchilar harakat qilishi meni qo‘rqitgandi. Bugungi o‘yinda asosan ushbu futbolchilarni yopishga harakat qildik. Mashg‘ulotlarda ham shu ustida alohida ishlagandik. Bu ishni uddalaganimizdan xursandman.

Umuman o‘yin va natija uchun futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Bugun Iqbol Malikjonovning raqib hujumlarini buzishda, markazda ustunlikka erishishimizda xizmati katta bo‘ldi.

O‘yin chiroyli bo‘ldi. Raqib futbolchisi olgan qizil kartochka ham bizga qo‘l keldi. Ammo “Bunyodkor” 10 kishi bo‘lsa-da yaxshi o‘ynagani tahsinga loyiq.

Qo‘qondan bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimizga, shuningdek, butun jamoaga, futbolchilarga ajoyib o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. “Bunyodkor”ni Toshkentda mag‘lub etishni hamma ham uddalay olmaydi.

Biz imkon qadar kuchli-oltilikka kirishga harakat qilyapmiz. Buni uddalash oson bo‘lmaydi. Bizni qiyin bo‘lgan “Paxtakor”ga qarshi bahs kutmoqda. Albatta, bor kuchimizni ishga solib muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz.

Manba: kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘’mon Hasanov: «Bunyodkor»ni o‘z maydonida mag‘lub etishni hamma ham eplay olmaydi