12:50 / 06.09.2018
4 752

Ronaldu “Yuventus” mashgʻulotiga koʻzi koʻkargan holda keldi (foto)

Ronaldu “Yuventus” mashgʻulotiga koʻzi koʻkargan holda keldi (foto)
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashgʻulotga koʻzi koʻkargan holda keldi.

Futbolchi terma jamoalarga chaqirilmagan boshqa futbolchilar bilan oʻtkazilgan mashgʻulotlarda ishtirok etdi.

“Yuventus” klubining mashgʻulot haqidagi fotohisobotida “Oltin toʻp”ning 5 karra sohibi koʻzi koʻkargan holda shugʻullanganini koʻrish mumkin. Buning sabablari haqida maʼlumot berilmagan.

Katta ehtimol bilan u A Seriya 3-turidan oʻrin olgan “Parma”ga (2:1) qarshi bahsda yuzidan zarba yegan boʻlishi mumkin.

Ronaldu Portugaliya terma jamoasining sentyabr oyidagi oʻyinlariga chaqirilmagan. Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Krishtianuning tarkibga jalb etilmaganini u turinliklar klubiga moslashish jarayonini oʻtayotgani bilan izohlagan.

Portugaliya 6 sentyabr kuni Xorvatiyaga qarshi, 10 sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Italiyaga qarshi oʻyinlar oʻtkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu “Yuventus” mashgʻulotiga koʻzi koʻkargan holda keldi (foto)