3 361
Ektor Kuper: “Xuddi muxlislar singari men ham ilk oʻyinda gʻalaba qozonishni istagandim”
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper biroz avval yakuniga yetgan Oʻzbekiston - Suriya uchrashuvidan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
- Muxlislar birinchi oʻyindan gʻalaba kutadi. Shuningdek men ham gʻalaba qozonmoqchi edim. Lekin omadimiz kelmadi. Oʻtgan 8-10 kun davomida futbolchilarga imkon qadar oʻz tushunchamni yetkazishga harakat qildim.
Bizda tarkibni yaxshilash uchun yetarli vaqt boʻlmadi. Futbolchilarning hozirgi harakatlaridan qoniqish hosil qildim. Jamoaning haqiqiy kuchini vaqt oʻtishi bilan koʻrasiz.
Yana bir bor aytaman bu birinchi oʻyin. Kecha aytganimdek mendan moʻʼjiza kutmanglar. Oldimizda Osiyo kubogi va JCH saralashi turibdi. Bungacha esa biz jamoaning hujum chizigʻi va himoyasi ustida katta ishlarni amalga oshiramiz.
Bu oʻyindan koʻzlagan maqsadimiz futbolchilarning imkoniyatlarini chamalab olish edi. Jamoani qabul qilib olganimga endigina 12 kun boʻldi. Lekin shunga qaramay futbolchilar meni asta-sekin tushuna boshlashdi. Toʻgʻri, muxlislar yirik hisobda gʻalaba qozonishni istashadi. Lekin, oʻrtoqlik oʻyinlaridan asosiy maqsad futbolchilarni saralab olish va yoʻl qoʻyayotgan xatolarimizni bilib olishdir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi