14:23 / 13.09.2018
3 361

Fazliddin Gʻoibnazarovning navbatdagi raqibi maʼlum boʻldi

Fazliddin Gʻoibnazarovning navbatdagi raqibi maʼlum boʻldi
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fazliddin Gʻoibnazarov 20 oktyabr kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, shu kuni hamyurtimizga Amerika Qoʻshma Shtatlari bokschisi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.

Maʼlumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 5ta jang oʻtkazib, ularning barchasini oʻz foydasiga hal qilgan. Janglarning 2tasida nokaut evaziga raqiblarini magʻlub etgan.

Lopesning tajribasi esa bu borada biroz koʻproq. U professional ringda 34ta jang oʻtkazib, ularning 23tasida gʻalaba qozongan. 15tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9ta toʻqnashuvda esa magʻlubiyatga uchragan. 1ta jangda muddatidan oldin yutqazib qoʻygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin Gʻoibnazarovning navbatdagi raqibi maʼlum boʻldi