Meyvezer dekabrda Pakyao bilan revansh jangi oʻtkazishini maʼlum qildi (video)

  • 16-09-2018, 08:58
  • 545
  • Sport
  • Meyvezer dekabrda Pakyao bilan revansh jangi oʻtkazishini maʼlum qildi (video)
    Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer shu yilning dekabrida filippinlik Menni Pakyao bilan revansh jangini oʻtkazadi. U bu haqda Instagramʻda maʼlum qildi.

    Amerikalik bokschi 2017 yilning 26 avgustida aralash uslub jangchisi Konor Makgregor ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgandi. Meyvezerga ringga qaytishni taklif qilishgan, ammo u rad javobini bergandi.

    “Men Pakyao uchun ringga qaytaman, - deb yozdi u. –Toʻqqiz xonali sondan iborat yana bir shartnoma”.

    Meyvezer va Pakyao oʻrtasidagi birinchi jang 2015 yilning 2 may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgandi. Oʻrtaga Meyvezerga tegishli WBC va WBA kamarlari hamda Pakyaoga tegishli WBO kamari qoʻyilgandi. Ushbu jangda gʻalaba qozongan Meyvezer boks tarixidagi rekord gonorar - 210 million dollarni qoʻlga kiritgan, Pakyao esa faoliyati davomidagi eng katta gonorar - 140 million dollarga ega boʻlgandi.

    Meyvezer hech qachon magʻlubiyatga uchramagan bokschi hisoblanadi, u professional ringda oʻtkazgan 50ta jangning barchasida gʻalaba qozongan (27 nokaut). U faoliyati davomida WBC, WBA, WBO va IBF chempioni boʻlgan, Ring jurnali talqiniga koʻra olti marta vazn toifasidan qatʼi nazar eng yaxshi bokschi deb topilgan.

    Pakyao sakkizta vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Filippinlik bokschi vazn toifasidan qatʼi nazar dunyoning eng kuchli bokschilaridan biri hisoblanadi, u faoliyati davomida 69 jang oʻtkazib, 60tasida gʻalaba qozongan (39 nokaut), yettitasida magʻlub boʻlgan va ikki marta durangga erishgan. Menni 2016 yilda Filippin kongressmenligiga saylanganidan soʻng faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgandi. Ammo yarim yildan soʻng ringga qaytib, amerikalik Jessi Vargasni yengdi va yarim oʻrta vaznda WBO kamarini qoʻlga kiritdi.

    Soʻngra esa avstraliyalik Jeff Xorndan magʻlubiyatga uchradi. Filippinlik bokschi soʻnggi jangini shu yilning 15 iyulida oʻtkazgan boʻlib, argentinalik Lukas Matisseni texnik nokautga uchratdi va WBA kamarini qoʻlga kiritdi.

    » » Meyvezer dekabrda Pakyao bilan revansh jangi oʻtkazishini maʼlum qildi (video)