09:26 / 30.09.2018
3 288

Liga 1. Neymarning dubli sabab PSJ yirik hisobda gʻalaba qozondi

Liga 1. Neymarning dubli sabab PSJ yirik hisobda gʻalaba qozondi
Futbol boʻyicha Fransiya chempionati 8-turidan oʻrin olgan Nissa—PSJ bellashuvi yakuniga yetdi.

Uchrashuvda hisob 22-daqiqada PSJning braziliyalik hujumchisi Neymar tomonidan ochildi. 46-daqiqada Nkunku hisobni 0:2 koʻrinish olishini taʼminladi. Mezbonlar Sipryenning qizil kartochka olishi sabab 59-daqiqadan boshlab bir kishi kam boʻlib oʻynashga majbur boʻldi. Oʻyin asosiy vaqti soʻnggi daqiqasida yana oʻsha Neymar gol urib, jamoasining yirik hisobda gʻalaba qozonishini taʼminladi.

Qayd etish joiz, Parij superklubi 8 turda ham gʻalaba qozongan yagona jamoa boʻlib turibdi. Ular hisobida 24 ochko bor va jamoa turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Fransiya Liga 1, 8-tur

Nissa — PSJ 0:3
Gollar:
0:1 – 22 Neymar, 0:2 – 46 Nkunku, 0:3 – 90 Neymar.

Nissa – Benites, Erey, Sarr, Koli (Balotelli, 46), Dante, Sen-Maksimen, Makengo (Sipryen, 28), Tamez, Le-Melu, Attal, Maolida (Srarfi, 80).

PSJ – Areolya, Tiago Silva, Kimpembe, Kerer, Markinos, Di Mariya (Verratti, 72), Nkunku (Bernat, 57), Rabo, Diabi (Shupo-Moting, 72), Mbappe, Neymar.

Ogohlantirishlar: Sipryen (45), Dante (55), Mbappe (67), Bernat (87).
Chetlatish: Sipryen (59).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liga 1. Neymarning dubli sabab PSJ yirik hisobda gʻalaba qozondi